
"An-Nasr" katta summaga sotib olgan hujumchisini ijaraga bermoqchi
"An-Nasr" hujumchisi Jon Duran shaxsiy sabablarga ko‘ra bu yoz boshqa klubga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda Arriyadiyah.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli kolumbiyalik futbolchi ijaraga berilishi mumkin, chunki u shaxsiy muammolari va ruhiy holati sabab ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelyapti. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Duran Saudiyadagi klubda yiliga taxminan 22 million dollar maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Duran 2024 yil yanvar oyida Angliyaning "Aston Villa" klubidan 77 million evro evaziga "An-Nasr"ga o‘tgan edi. 2024/2025-yilgi mavsumda u Saudiya Arabistoni chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi.
Fikrlar