"An-Nasr" murabbiyi Ronalduning Evropaga qaytishini aytdi
"An-Nasr" bosh murabbiyi Rudi Garsiya Krishtianu Ronalduning rejalari haqida fikr bildirdi. Murabbiyning fikricha, futbolchi kelajakda Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tadi.
"Ronaldu – tarkibni sifat jihatdan kuchaytiradi. U aniq raqiblarimiz himoyachilariga muammo tug‘diradi. Ronaldu yana Evropaga qaytadi. U dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri", - dedi Garsiya.
Krishtianu "An-Nasr" tarkibida ikkita o‘yinda maydonga tushishga erishdi. Forvard hozircha samarali harakat amalga oshirmadi. Uning riyodliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.



Fikrlar