"An-Nasr" O'zbekistondagi o'yin oldidan Ronalduni bo'yicha yakuniy qarorga keldi
Oldinda "Paxtakor" bilan o'yin bor
Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni "An-Nasr" klubi rahbariyati jamoa sardori va eng mashhur yulduzi Krishtianu Ronalduni Osiyo Elit Chempionlar ligasi to‘rtinchi turida O‘zbekistonning "Paxtakor" jamoasiga qarshi safar o‘yini uchun tarkibga kiritmadi, deb xabar bermoqda Arriyadiyah nashri.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Ange Postekoglu O‘zbekistonga yo‘l oladigan ro‘yxatga yana ikki nomdor o‘yinchi - himoyachi Muhammad Simakan va hujumkor futbolchi Kingsli Komanni ham qo‘shmagan.
Osiyo musobaqasining to‘rtinchi tur uchrashuvi 2 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
"An-Nasr" delegatsiyasi 31 oktyabr kuni xususiy samolyotda O‘zbekistonga uchib kelishni va ikki davomida bo‘ladigan bahsga tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirgan.
Uchrashuvdan so‘ng Saudiya Arabistoni chempioni ortga qaytib, milliy chempionat doirasida 6 noyabrga belgilangan "Al-Xazem"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi turida "An-Nasr" futbolchilari "Al-Xolud" jamoasi ustidan 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda Krishtianu Ronaldo xet-trik qayd etdi, yana bitta golni Anjelo Gabriyel va Sadio Mane urdi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish ehtimoli o‘zbekistonlik muxlislarni qattiq qiziqtirib qo‘ygan edi.
Buning ortidan "Paxtakor" va "An-Nasr" o‘rtasidagi uchrashuv chiptalari narxi keskin ko‘tarilib ketgani haqida xabarlar tarqatildi. Xususan, rasmiy savdo maydonchasida standart o‘rinlar uchun chipta narxlari 100 ming so‘mdan 600 ming so‘mgacha oralig‘da belgilangan.
Eng katta rekord esa 3 million so‘m qiymatdagi VIP-chiptalar bo‘ldi — ular sotuv boshlangan ilk soatlardayoq sotib olib bo‘lingan. Endi esa, jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Ronalduning o‘yini bevosita maydondan tomosha qilish uchun qimmatga chipta olgan futbol ishqibozlari armonda qoladigan bo‘ldi.

Izohlar (0)