
"An-Nasr" to‘xtamayapti! Klubning keyingi transfer maqsadi aniq
Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olgan "An-Nasr" klubi transferlar bozorida faollik ko‘rsatishda davom etmoqda.
Taniqli jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, Saudiya klubi Qatar terma jamoasi yulduzi Akrom Afifni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Riyodliklar uni 6 oy muddatga ijaraga olishni xohlamoqda.
Ayni vaqtda "As-Saad" bilan muzokaralar ijobiy davom etmoqda. Shuningdek, tez orada ushbu transfer e’lon qilinishi kutilyapti.
Fikrlar