
Ana xolos! Angliya terma jamoasi bugun Gollandiyaga qarshi asosiy tarkibda o‘ynamasligi mumkin
Avval xabar berganimizdek bugun UEFA Millatlar ligasida ikkinchi yarim final juftligi – Gollandiya va Angliya o‘zaro bahs olib boradi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda inglizlar bosh murabbiyi Garet Sautgeyt gollandlarga qarshi bo‘ladigan bahsda asosiy tarkibning 7 nafar futbolchisiga dam berib, asosan zaxira futbolchilarini maydonga tushirishi mumkin.
The Telegraph nashrining yozishicha gap o‘tgan hafta Madridda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida ishtirok etgan futbolchilar - Denni Rouz, Erik Dayer, Dele Alli, Xarri Keyn (barchasi - Tottenxem"), Trent Aleksandr-Arnold, Jo Gomes va Jordan Xendersonlar (barchasi - Liverpul") haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gollandiya – Angliya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Ushbu juftlik g‘olibi 9 iyun kuni musobaqa finalida Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi. Mag‘lub jamoa esa xuddi shu kuni 3-o‘rin uchun Shveytsariyaga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar