Ana xolos: “Barsa” haydayotgan yulduz Madrid klubidan panoh topadi

  • 19.05.2023 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes  yozda jamoa tarkibida katta tozalash qiladi.

Ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar orasida 2012 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan Jordi Alba ham bor. 34 yoshli himoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi.

Shunga qaramay, tajribali futbolchi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Madridning “Atletiko” jamoasi Albaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar “Atletiko” vakili Yannik Karraskoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madridliklar “Barselona”ni Jordi Albani Karrasko transferiga qo‘shishga ko‘ndirmoqchi. Bu variant “Barsa”ga ham ma’qul kelishi aytilmoqda.

Chunki bu yo‘l orqali Xavi Ernandes o‘zi istagan futbolchini besh million evro arzonlashtirishga erishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!