
Ana xolos! Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi (foto)
"Tottenxem" va "Real" Madrid kabi jamoalarda to‘p tepgan Garet Beyl futbolchilik faoliyatiga yakun yasashga qaror qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Beyl faoliyati davomida 5 marta EChL kubogi, 4 bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 6 karra Uelsning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan.
Uning oxirgi jamoasi AQShning "Los-Anjeles" klubi bo‘lgandi. Uelslik iqtidor egasi o‘tgan yilning 7 iyul sanasida rasman mazkur jamoa a’zosiga aylangan.
Fikrlar