Ana xolos! Italiyada legioner hujumchilarga qarshi chiqishmoqda

  • 24 mart, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luiji Riva milliy chempionatda xorijlik o‘yinchilarning ko‘pligi milliy terma jamoa ziyoniga ishlayotganini ta’kidladi.

Tecno

Ayniqsa, A Seriyada legioner hujumchilar italiyaliklarning yo‘lini to‘sayotgan ekan.

- Xorijliklar Italiya terma jamoasini aynitdi. Milliy futbolimizda ular haddan ziyod ko‘payib ketgan. Italiyaliklar o‘zini ko‘rsatish tobora qiyinlashib bormoqda. Jamoalarning deyarli barchasida hujum chizig‘ida chet elliklar o‘ynayapti, - dedi Riva ITASportPress axboroti agentligiga.

Luiji Riva 1965-1973 yillar davomida Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilib, 42 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 35 marotaba ishg‘ol qilgan. Mana shu ko‘rsatkich orqali Riva Italiya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p gol urgan rekordchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!