Ana xolos! Modrich “Real”dan ketyapti

  • 09.03.2023 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning eng yorqin yulduzlaridan biri Luka Modrich mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etish ehtimoli oshib boryapti.

Manbalarning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari 37 yoshli yulduzga yangi shartnoma bergandan ko‘ra, uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishni ma’qul ko‘rmoqda.

Aslida Modrich avvalroq yangi shartnoma tuzish imkoniyatiga ega edi. Lekin keyingi paytda xorvatiyalik pleymeyker La Ligada boshlang‘ich tarkibga kirishi qiyinlashib qoldi va aynan mana shu holat rahbariyatni o‘ylantirib qo‘ydi.  

Luka Modrichning o‘zi faoliyatini “Real”da tugatishni orzu qilishini aytgan. Tajribali o‘yinchi arab mamlakatlaridan bo‘lgan daromadli takliflarni rad etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!