Ana xolos! "Paxtakor" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
"Paxtakor" matbuot xizmati klub bosh murabbiyi Slavche Voyneski bilan tuzilgan shartnoma ikki tomon kelishuvi asosida bekor qilinganini e’lon qildi.
"Shimoliy makedoniyalik mutaxassis bilan "Paxtakor" o‘rtasidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilindi.
Klub va murabbiy o‘rtasidagi bitim ikki tomon kelishuviga ko‘ra bekor qilinishiga kelishib olindi. Yangi bosh murabbiy nomi tez kunlarda ma’lum qilinadi. Biz Voyneskiga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, uning keyingi ishlariga omad tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar