
Ana xolos: “Real” Mbappeni 2025 yili oladigan bo‘ldi
“Real” prezidenti Florentino Peres uzoqni o‘ylab ish qilishini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Klub rahbari 2026 yilning yanvarida o‘z lavozimini topshirishi kutilyapti. Ungacha Peres ikkita katta ishni uddalashni reja qilgan.
TodoFichajes nashrining yozishicha, Florentino Peres 2025 yilning yozida Kilian Mbappe transferini amalga oshirmoqchi.
U frantsiyalik hujumchi kelasi yozda Frantsiyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun PSJ bilan shartnomani yana bir yilga uzaytiradi, deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, Peres “Real” bosh murabbiyligiga Zinedin Zidanni qaytarish bo‘yicha ish olib boryapti. Frantsiyalik murabbiy bungacha jamoani ikki marta boshqarib katta natijalarga erishgan.
Fikrlar