Ana xolos: Tom Aspinall oktagonga qaytmasligi mumkin
Ogʻir vazn toifasida UFC chempioni Tom Aspinall oktagonga qaytish uchun tibbiy ruxsat olmagan. Bu haqida uning menejeri va promouteri Eddi Hirn maʼlum qildi.
"Tomning UFC bilan amaldagi shartnomasi bor. Hozirgi asosiy savol — u qachon jangga qaytishga tayyor boʻladi? Bu yerda gap uning ruhiy jihatdan tayyor yoki tayyor emasligi haqida ketmayapti. Hammasi tibbiy komissiya qaroriga bogʻliq. U olgan jarohatlar juda jiddiy boʻlgani uchun, komissiya unga jang qilishga ruxsat bermasligi ham mumkin", — dedi britan promouteri "Matchroom Boxing" matbuot anjumanida.
Eslatib oʻtamiz, Aspinall oxirgi bor 2025 yil 25 oktyabr kuni Siril Ganga qarshi oktagonga koʻtarilgandi. Ōshanda fransuz 1 raundda Tomning koʻziga behosdan barmoqlari bilan zarba berib yuborgach, bahs bekor qilingan edi.

Fikrlar