Ana xolos! UEFA prezidenti EChL o‘yinlari AQShda o‘tkazilishi mumkinligini rad etmadi

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Evropa chempionlar ligasi o‘yinlari Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi. 

"2025 yilgi final Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Undan keyin vaziyatga qaraymiz. Asosan, hal qiluvchi uchrashuvlar boshqa qit’ada o‘tkazilishi mumkin. Biroq hammasi keskin o‘zgarib ketishi ham ehtimoldan yiroq emas", - dedi prezident. 

Eslatib o‘tamiz, Cheferin yaqinda UEFA prezidentligiga qayta saylangani haqida xabar bergandik. U 2027 yilga qadar shu lavozimda ish olib boradi. Nomzodlar orasida undan boshqa hech kim yo‘q edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!