Ana xolos! Varan "Komo"ning mavsum uchun kengaytirilgan tarkibidan chetlashtirildi

  • 1 sentabr, 2024, 14:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Sesk Fabregas boshchiligadi "Komo" himoyachisi Rafael Varan Italiya chempionatining 2024-2025 yilgi mavsumi uchun jamoa tarkibidan vaqtincha chetlashtirildi.

Bunga asosiy sabab frantsiyalik himoyachi "Komo" safida Italiya kubogi doirasida "Sampdoriya"ga qarshi debyut o‘yinida 23 daqiqa harakat qilib, (penaltilar bo‘yicha 1:1, 3:4) olgan jarohati  sabab klub musobaqani tark etdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi uzoq muddatga safdan chiqdi. Shu bois klub futbolchini chetlatgan.

Eslatib o‘tamiz, Varan shu yozda erkin agent sifatida "Komo"ga o‘tgan edi. Italiyaga ko‘chib o‘tishdan oldin 2021-2022 mavsumda "Manchester Yunayted"ga kelib qo‘shilgan bo‘lsa, faoliyatini asosiy qismini Madridning "Real" klubida o‘tkazgan (10 mavsum).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!