Ana xolos! Zidan "Real" qaydnomasiga atigi 16 ta futbolchi kiritishga majbur bo‘ldi

  • 17 aprel, 2021, 19:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

8 kun ichida 3 ta muhim o‘yinda ishtirok etgan Madridning "Real" klubi Ispaniya La Ligasi 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvni mehmonda o‘tkazadi. "Xetafe"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bellashuv madridliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu bahs uchun "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan qaydnomani e’lon qildi. Qizig‘i, undan 16 nafar futbolchi o‘rin olgan, xolos. "Liverpul" bilan o‘yinda ishtirok etgan Nacho, Ferlan Mendi va Kazemiro mazkur uchrashuvda jamoaga yordam bera olmaydi.

Nachoning sariq kartochkalari ko‘payib ketgan, Kazemiro esa, avvalgi turda qizil kartochka olgan edi. Ferlan Mendi jarohat olib, 10-12 kunga safdan chiqqan. "Marca" nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, bugungi "Kastilya"("Real"ning o‘rinbosarlar jamoasi)ning o‘yinidan keyin yana bir futbolchi asosiy jamoaga chaqiriladi.

"Xetafe" - "Real" uchrashuvi 19 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu bahs oldidan mezbonlar 15-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, madridliklar 2-pog‘onani band etgan.

photo_2021-04-17_18-22-06

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!