
Anchelotti: "Ertangi uchrashuv "Barsa"ga qiyin bo‘ladi"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis navbatdagi o‘yin va futbolchilarning holati haqida gapirdi.
"Ertangi uchrashuv albatta bizga ham, "Barsa"ga ham qiyin bo‘lishi aniq. Kataloniyaliklar har doim "El-Klasiko"ga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rishadi. Shu sababli, ular dunyoning eng yaxshi klublaridan biridir.
Finalda maydonga ishtirok etish uchun barcha futbolchilarim tayyor. Hech qanday jiddiy jarohat yo‘q, Bellingem ham safimizga qaytgan, unda biroz charchoq alomatlari bor edi.
So‘nggi Klasikodagi 12 marotaba offsaydga tushganimiz bo‘yicha mendan so‘rasangiz, men shunday javob beraman. Biz jamoamiz bilan ushbu bahsni qayta ko‘rib chiqib, tahlil qildik. Bu muammo ustida esa juda qattiq ishladik. Aytgancha, mazkur to‘qnashuv uchun asosiy tarkibimizda hech qanday kutilmagan o‘zgarish bo‘lmaydi" - dedi italiyalik bosh murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" 12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogining final bosqichida "ko‘k-anorranglilar"ga qarshi kuch sinashadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Fikrlar