Anchelotti iste’foga chiqarildi

  • 18.12.2025 15:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning "Botafogo" klubi matbuot xizmati Davide Anchelotti jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ketganini ma’lum qildi.

Davide — "pentakampeonlar" terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li. U avval otasiga yordamchi sifatida Madridning "Real" klubida hamda boshqa jamoalarda ishlagan.

Globo nashrining xabar berishicha, klub bilan shartnomaning bekor qilinishiga italiyalik mutaxassisning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Luka Gerraning ishdan bo‘shatilishiga nisbatan noroziligi sabab bo‘lgan. Jamoada mushak jarohatlari ko‘payib ketgani ortidan ushbu qaror qabul qilingan.

Anchelotti klub rahbariyatiga butun murabbiylar shtabi saqlab qolingan taqdirdagina ishni davom ettirishini bildirgan. Ammo "Botafogo" rahbariyati bu shartni qabul qilmagan. Natijada italiyalik mutaxassis klubni tark etdi.

Ma’lumot uchun, uning qo‘l ostida jamoa 14 ta g‘alaba, 11 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!