Anchelotti Neymarni termaga olish uchun shart qo‘ydi

  • 15.09.2025 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Neymarni qay holatda mamlakatning bosh jamoasiga chaqirishini ochiq aytdi.

- Neymarning qanday o‘ynayotganini kuzatishga hojat yo‘q. Uning naqadar iqtidorli ekanini hamma biladi. Zamonaviy futbolda iste’dodni ko‘rsatish uchun eng avvalo, yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish shart. Agar Neymar optimal formasini tiklab olsa, terma jamoa tarkibiga kirishi qiyin bo‘lmaydi.

Neymar zo‘r formada bo‘lganida hamma uni terma jamoada ko‘rishni istaydi. Men u bilan gapplashdim, unga “Senda jismoniy holatingni tiklab olish va jahon chempionatida eng qyuori darajangni ko‘rsatib, terma jamoaga yordam berishga tayyorlanish uchun etarlicha vaqt bor”, dedim.  Hammaga talab avvalgidek qoladi.

Men Neymarni pleymeyker yoki markaziy hujumchi sifatida o‘ynatmoqchiman. Uni markazga yaqin joylashtirish kerak. Endi u qanotlarda samarali o‘ynay olmaydi. Chunki zamonaviy futbolda bu qanotda o‘ynash juda katta jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Neymar hozirgi holatda hujumkor yarim himoyachi yoki markaziy hujumchi sifatida muammosiz o‘ynay oladi, - dedi Karlo Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!