Anchelotti Neymarning g‘ashga tegadigan jihatini aytdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarga nisbatan nimadan norozi bo‘lganini ochiq aytdi. Murabbiy va hujumchi ilk bor milliy jamoada 2026 yildagi jahon chempionatida birga ishladi. Braziliya o‘sha musobaqada 1/8 finalgacha yetib bordi va shu bosqichda Norvegiyaga mag‘lub bo‘ldi.
Anchelottining fikricha, Neymar jahon chempionati oldidan mashg‘ulotlarga yanada jiddiyroq yondashishi mumkin edi. Uning aytishicha, aynan shu omil futbolchining turnirga eng yaxshi sport formasida kirib kelishiga to‘sqinlik qilgan. Murabbiyni g‘azablantirgan yagona jihat ham shu bo‘lgan.
- Neymar da meni bezovta qilgan yagona narsa shuki, u musobaqa boshlanguncha yanada yaxshiroq mashq qilishi mumkin edi. Shunda u birinchi o‘yinga ancha yaxshi holatda tayyor bo‘lardi, to‘rtinchi uchrashuvga emas. Meni xafa qilgan yagona jihat shu, — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Globo.

Fikrlar