Anchelotti o‘zi o‘ynatgan eng zo‘r futbolchilar nomini aytdi
Braziliya milliy terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti uzoq yillik faoliyati davomida o‘zi o‘ynatgan eng kuchli futbolchilar nomini aytdi.
- Men bosh murabbiy sifada shug‘ullantirgan eng zo‘r futbolchilar bu Ronaldo, Krishtianu Ronaldu, Kaka, Toni Kroos, VInisius Junior, Luka Modrich va Dide Drogba, - dedi Karlo Anchelotti.
66 yoshli murabbiy Evropaning bir qator grand klublari, xususan, “Yuventus”, “Milan”, “Napoli”, “Chelsi”, “Everton”, “Pari Sen-Jermen”, “Bavariya” hamda “Real”da ishlagan.
Anchelotti faoliyati davomida jami 31 ta sovringa ega chiqqan. O‘tgan yozda Madridning “Real” klubidagi o‘rnini bo‘shatib, braziliyaliklar bilan ishlashni ma’qul topdi.
Fikrlar