Anchelotti “Real”ning eng aqlli futbolchisi kimligini aytdi

  • 27 avgust, 2023, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya Dortmund” klubidan “Real”ga ko‘chib o‘tgan Jud Bellingem yosh bo‘lishiga qaramay, darroq madridliklar etakchisiga aylandi.

Tecno

20 yoshli yarim himoyachi uchta uchrashuvda raqiblan darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilib, jamoa to‘purari bo‘lib turibdi.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti angliyalik o‘yinchining imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.

- Jud Bellingem to‘psiz ham ajoyib harakat qiladi. U juda aqlli futbolchi, raqib jarima maydonchasi ichida kerakli vaqtda, kerakli joyda bo‘lishni biladi. Uning qobiliyati hayratlanarli darajada, - dedi Karlo Anchelotti.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar bu futbolchi uchun 103 million evro to‘lagan. Bundan tashqari, dortmundliklar Bellingemning natijalaridan kelib chiqib, yana 30 foizgacha bonus oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!