Anchelotti Vinisiusning yaxshi tomonga o‘zgarganini aytdi

  • 20.02.2026 03:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti vinger Vinisius Zhunior bilan ishlash haqida fikr bildirdi.

"Men u bilan gaplashdim. Futbolchi murabbiy va jamoadoshlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak. U maydonda o‘z harakatini sezilarli darajada yaxshiladi.

Braziliyaliklar juda kamtar va umuman boshqacha. Terma jamoaga kelgan Vini "Real"da o‘ynayotganidan ancha farq qiladi", — dedi Anchelotti.  

Ma’lumot uchun, italyalik mutaxassis avvalaroq "qirollik klubi"ga ustozlik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!