
Anchelotti: "Zaxiradan maydonga tushganlar g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdi"
Bugun tunda bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Atletiko" bahsi "qaymoqranglilar"ning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Bellashuvdan so‘ng "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yin hujumkor o‘tgani uchun gollar ko‘p bo‘ldi. "Atletiko" ham biz kabi juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ular bizni ko‘proq ter to‘kishga majbur qila oldi.
Zaxiradan maydonga tushganlar g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdi. Yigitlarda charchoq alomatlari yaqqol sezilib turibdi. Sababi, ikkala tomon ham final uchun borini berib harakat qildi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar