
Ander Errera PSJda qaysi raqamda o‘ynaydi?
PSJ klubining internet-do‘konida jamoaning yangi a’zosi - Ander Errera libosi sotuvi boshlandi.
Unga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchi parijliklar safida 21-raqamda o‘ynaydi. Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ Errerani 5 iyul kuni rasman ommaga tanishtirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Errera “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakunlangani bois frantsuz klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.
Fikrlar