"Anderlext" muxlislari Kompanidan nega norozi?

  • 30 sentabr, 2019, 17:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Anderlext" klubi muxlislari jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompanining faoliyatidan norozi bo‘lishmoqda.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa muxlislari Belgiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan "Beveren"ga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng stadionning chiqish eshigi oldida to‘planishgan va Kompaniga ochiqchasiga e’tirozlarini bildirishgan. Ular Kompanidan murabbiylikni to‘xtatib, bor e’tiborini futbolchilikka qaratishini talab qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Kompani ayni damda “Anderlext”da o‘ynovchi murabbiy hisoblanadi. Uning jamoasi joriy mavsum hozircha bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda g‘alaba qozondi va musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Ta’kidlash kerakki, “Anderlext” Belgiyaning eng sovrindor jamoasi hisoblanadi. U o‘z tarixida 34 karra mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!