
Anderson Silva: "Aleks Perreyra yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tadi va qaytmaydi!”
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni (83.9 kg) afsonaviy braziliyalik Anderson Silva 9 aprel kuni Mayamida (AQSh) bo‘lib o‘tgan va “UFC 287” turnirining asosiy to‘qnashuvi Israel Adesanya va braziliyalik Aleks Pereyra o‘rtasidagi chempionlik jangi natijasiga izoh berdi.
"Aleks o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. Adesanya kabi. Ishonamanki, Aleks yaqin orada Adesanya bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. U yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tadi va qaytmaydi”, - dedi Silva Fight Hub TV yutub kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Aleks Perreyra va Israel Adesanya o‘rtasidagi revansh jangida Adesanya ikkinchi raunddayoq nokaut bilan g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini qaytarib olgan holda, Pereyraga dunyoning eng kuchli promoushenidagi ilk mag‘lubiyatini keltirgan edi
Fikrlar