
"Andijon" futbolchisi jazolanishi mumkin, chunki...
Superliga 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 32-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Usmonali Ismonaliev beo‘xshov hazili uchun haqli ravishda maydondan chetlatildi. Liga mazkur holatda bosh hakam tomonidan chiqarilgan qarorni qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘sha daqiqada mezbonlar futbolchisi Farhod Bekmurodov Ismonalievdan zarba qabul qilib olgan Muhammadkarim Toirovni ayyorlik ishlatmaganlikda koyib, uni erga yotishga majbur qildi. Keyin esa jamoadoshiga nisbatan raqibning chetlatilayotgan futbolchisidanda beo‘xshov harakatni amalga oshirdi. Liga bu holatni qattiq qoralaydi.
Ma’lumki, 2024 yildan boshlab uch holatda ogohlantirish olgan futbolchi jarimaga tortiladi. Mazkur holatlar ichida simulyatsiya uchun olingan sariq kartochka ham muhim o‘rin tutadi. Garchi hakam Farhod Bekmurodovga sariq kartochka ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bu uni jazodan chetda qoldirmaydi. Liga sportchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun Bekmurodovni jazolash masalasini Tartib-intizom qo‘mitasiga kiritadi.
Liga o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazayotgan barcha futbolchilarni mard va halol bo‘lishga chaqiradi. 2024 yildan boshlab halollik va mardlikka ters bo‘lgan har qanday hatti-harakat Liga tomonidan ta’qib etiladi.
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar