“Andijon” ikki turdan beri birinchilikni hech kimga bermayapti. “Paxtakor” biroz yaqinlashdi. Qolganlarchi?

  • 7 avgust, 2023, 15:18
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

4 – 6 avgust kunlari Superligada 15-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi.

Tur duranglar bilan boshlandi. “Andijon” ketma-ket ikkinchi bor o‘z uyida o‘ynab, yana raqib bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. O‘tgan gal “burgutlar” qarshiliklar bilan murosa ko‘chasini tanlagandi. “Navbahor” esa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada gol o‘tkazib yuborib, juda muhim ochkolarni boy berdi.

8_3

Birinchi davra g‘alaba nimaligini bilmagan “Turon” tanaffusdan so‘ng chempionat doirasida ikkita uchrashuv o‘kazib, ikkisida zafar quchdi. Bu safar yaypanliklar “Nasaf”ni engdi.

Kubok bahslaridan chiqib ketgan “Paxtakor” o‘zbek klasikosida imkoniyatni boy berdi. “Neftchi” ikkinchi davrada ham “sherlar”ni mag‘lub etdi. “Buxoro” nihoyat o‘z hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.

Bir maromda o‘yin namoyish eta olmayotgan OKMK Toshkentda durang qayd etdi. “Olimpik” ajoyib kechgan bellashuvda “So‘g‘diyona” bilan murosaga keldi.

IMG_0277

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

15-turda stadionlarimizga jami 38373 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 5482ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis yana Andijonda. “Andijon” - “Surxon” o‘rtasidagi o‘yinni 12801 tomoshabin arenadan kuzatdi. Avvalgi turda ham “burgutlar” muxlislari eng yaxshisiga aylangandi. “Andijon”ning “Nasaf” bilan bellashuvi eng ko‘p muxlislarni jamlagandi.

“Paxtakor” - “Neftchi” turning markaziy uchrashuviga 10200 muxlis keldi. O‘yinga qiziqish yuqori bo‘ldi.

IMG_0248

Eng kam tomoshabin poytaxtda. Afsuski, “Bunyodkor” - OKMK o‘rtasidagi ajoyib o‘tgan bellashuvni 1005 kishi stadiondan kuzatdi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Andijon” - “Surxon” 0:0. 12801 tomoshabin

“Paxtakor” - “Neftchi” 0:1. 10200 tomoshabin

“Buxoro” - “Qizilqum” 1:0. 6616 tomoshabin

“Turon” - “Nasaf” 1:0. 3489 tomoshabin

“Metallurg” - “Navbahor” 1:1. 2138 tomoshabin

“Olimpik” - “So‘g‘diyona” 3:3. 2124 tomoshabin

“Bunyodkor” - OKMK 1:1. 1005 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ABRORBEK TOJIBOYEV
07/08/2023 20:58
gazini bos andijon
Тулкин Гуломов
07/08/2023 18:15
Пахтакор - Нефтчи ўйинига кирган мухлисларини ярмидан кўпи Фарғонадан бўлса керак
Гайрат Гадаев
07/08/2023 15:37
Уят эмасми? Стадионга кам одам кирипти? Кани Краснитцкий, Абдураимов, кани Ан,Федоров,Хаджипанакис. Хозир инкубатордан чикан .....
!
Husniddin Mominov
07/08/2023 15:35
Andijon bari bir Andijon