"Andijon" klubi joriy yilgi OFK litsenziyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi

  • 2 may, 2023, 14:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, Superligamiz klublari OFK talablari bo‘yicha litsenziyadan o‘tishi shart qilib qo‘yilgan. Kuni kecha Superliga qatnashchisi - "Andijon" futbol klubi bu vazifani bajarganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur vaziyat bo‘yicha klub matbuot xizmati shunday xabar qildi:  

Tecno

"Osiyo Futbol Konfederatsiyasining AFC CLAS – klublarni litsenziyalash ma’muriyatidan jamoamiz uchun xushxabar keldi. Ya’ni, “Andijon” futbol klubi bu yilgi litsenziyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Aytish kerakki, nizomga muvofiq xujjatlar/ma’lumotlar OFKga to‘liq taqdim etilgan va talablarga javob berishi haqida ijobiy xulosa keldi.

Shuni alohida e’tirof o‘tish kerakki, bu ishda jamoamizning litsenziyalash menejeri Ikrom Muhitdinovning mehnati katta bo‘ldi.

U katta hajmdagi ishni amalga oshirib, “Andijon” klubining professional futbol ligasi oldidagi majburiyatini uddalab, boshqa klublar qatori talablarni munosib bajarganlar safida turishiga hissa qo‘shganligini alohida e’tirof etish kerak", - deyiladi “Andijon” matbuot xizmati xabarida.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!