"Andijon" legioneri terma jamoaga chaqirildi
Ayni chog‘da dunyo bo‘ylab milliy chempionatlarda FIFA kunlari munosabati bilan tanaffus e’lon qilingan va futbolchilar terma jamoalar ixtiyoriga jo‘nab ketishgan.
Jumladan, “Andijon” jamoasining tojikistonlik legioneri Shaxrom Samievga ham Tojikiston milliy terma jamoasidan chaqiruv kelgan.
2-9 sentyabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “Merdeka Cup-2024” xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi. Shu maqsadda terma jamoa bosh murabbiyi Gela Shekiladze Samievni ham ushbu musobaqaga jalb qildi.
Fikrlar