"Andijon" nihoyat, bu ishni uddaladi...
Chempionatning so‘nggi turida “Andijon" safarda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushdi. Bu o‘yinni ahamiyati ayniqsa “Burgutlar” uchun juda muhim edi. Boisi, Superligada qolish uchun pley-off yo‘llanmasini chetlab o‘tgan holda ligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qolish imkoniyatini saqlab qolish uchun “Andijon”ga g‘alaba juda zarur edi. Shuning uchun “Burgutlar” maydonga katta ishtiyoq bilan tushishdi. Qolaversa, andijonlik ashaddiy muxlislar ham “Olimpiya” stadionida sevimli jamoasini yuqori darajada qo‘llab-quvvatladilar va arenani xuddi o‘z uyiga aylantirishdi.
O‘yin ham shunga yarasha qiziqarli kechdi. Bo‘lim oxirlarida mezbon darvozasi tomon belgilangan penaltini Shaxzod Azmiddinov muvaffaqiyatli bajardi.
Ikkinchi bo‘limni yanada faol boshlagan mehmonlar 66-daqiqada Usmonali Ismonalievning shedevr goli evaziga hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Shundan keyin “Andijon”da yana qarshi hujumlarda imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Faqat bahs oxirlarida mezbonlar hisobni qisqartirishdi. Lekin qolgan daqiqalarda "Burgutlar" muhim g‘alabani saqlab qolishga erishdi.
E’tiborlisi, “Andijon” O‘zbekiston chempionatida hali safarda “Bunyodkor”ni mag‘lub etmagandi. Nihoyat, “Burgutlar” bu safar noxush an’anaga chek qo‘yishni uddasidan chiqdildar. O‘yindan keyin jamoa a’zolari tarixiy g‘alabani muxlislari bilan birga nishonladilar.
Garchi Superliga yakuniga etgan bo‘lsa-da, jamoamiz uchun hali mavsum yakunlangani yo‘q. Boisi, 24 dekabr kuni “Andijon” Osiyo Chempionlar ligasi 2 doirasida guruhdagi oxirgi uchrashuvni Qatarda “Al-Ahli” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
“Bunyodkor” - “Andijon” - 1:2 (0:1).
30 noyabr. Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 1260 tomoshabin.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Dias Galeev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Rishat Nugmonov
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Sherzod Rajabov
“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Nikoloz Mali, Najmiddin Normurodov, Marko Bugarin, Muzaffar Olimjonov (Imeda Ashortia, 58), Narimon Ahmadjonov (Martin Shroler, 58), Nosir Abdusalomov (Ollobergan Karimov, 69), Itsuki Urata, Amir To‘raqulov (Sardor Abdunabiev, 77), Aziz To‘lqunbekov, Temurxo‘ja Abduholiqov (Farruh Qodirov, 69).
“Andijon”: Eldor Adhamov, Sunnatulloh Hamidjonov, Shaxzod Azmiddinov, Abdurahmon Komilov, Kristian Novak (Islom Mamatkazin, 46), Muhammadkarim Toirov, Damir Temirov, Bektemir Abdumannonov, Doniyor Abdumannopov, Usmonali Ismonaliev, Otabek Jo‘raqo‘ziev.
Gollar: Shaxzod Azmiddinov, 45+4 - pen. - 0:1. Usmonali Ismonaliev, 66 - 0:2. Imeda Ashortia, 85 - 1:2.
Ogohlantirishlar: Amir To‘raqulov, 16 - Doniyor Abdumannopov, 9. Sunnatulloh Hamidjonov, 43. Shaxzod Azmiddinov, 52. Muhammadkarim Toirov, 82. Eldor Adhamov, 84
Fikrlar