
"Andijon" o‘rtoqlik o‘yinida "Xo‘jand"ga yutqazib qo‘ydi
Halqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida "Andijon" klubi Tojikistonning "Xo‘jand" jamoasi bilan kuch sinashdi. Unda qo‘shnilarimiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yagona golni Nozim Bobojonov kiritdi. Bu gol yakunda bahs taqdirini hal qildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda “Xo‘jand” klubi Tojikiston oliy ligasida 14 ta o‘yinda 4 g‘alaba, 5 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etib, 17 ochko jamg‘arib, 10 ta jamoa orasida 6-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar