"Andijon" o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston U21 termasini mag‘lub etdi

  • 18.12.2025 17:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Toshkentda tayyorgarlik jarayonini o‘tkazayotgan “Andijon” jamoasi bugun O‘zbekiston U20 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Terma jamoalar markazining yopiq manejida o‘tkazilgan bahsda “Burgutlar” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa Muhammadali Usmonov, Bekzod Sulaymonov va Bektemir Abdumannonov raqib darvozasini ishg‘ol qildilar.

Shuningdek, terma jamoa safida “Andijon”dan jalb qilingan Saidumarxon Saidnurullaev va Shoxjahon Yorqinboev ham bellashuvda ishtirok etdilar.

Shu tariqa, “Andijon”ning OChL 2 doirasida Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi muhim o‘yini uchun tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24 dekabr kuni Dohada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!