"Andijon" va PFL o‘rtasida nima bo‘lyapti?

  • 21 fevral, 2023, 17:49
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun o‘zbek futbolida Norchaevning Rossiyaga yo‘l olganini ham berkitib ketadigan bir voqea sodir bo‘ldi. "Andjion" klubi ishqibozlari murojaat qilishmoqchi ekan. Bu voqea meni qiziqtirib qo‘ydi. Shu bois, kichik jurnalistik surishtiruvni amalga oshirdik. Xo‘sh, voqeaning asl sababi nimada? PFL "Andijon"dan nima talab qilmoqda?

Birinchi navbatda yig‘ilib qolgan qarzlarni to‘lab berishni. "Burgutlar" ishqibozlarining katta qismi joriy mavsumdagi badal pullari to‘lanmagani uchun PFL futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni paysalga solmoqda, deb o‘ylamoqda. Aslida, qarzdorlik o‘tgan yillar davomida yig‘ilib-yig‘ilib ancha kattalashib ketgan. Badal pullardan tashqari, jarimalar, futbolchilarga to‘lanmagan maoshlar va ko‘plab tashkilotlarga o‘tkazib berilishi kerak bo‘lgan pullarning summasi ortib ketgan. Hozir PFL "Andijon"dan joriy mavsum uchun badal pulini chetga surib qo‘ygan xolda, avvalgi qarzlarini yopib berishni so‘ragan. Klubga aloqodar bo‘lgan shaxslar ham jamoaning avvalgi mavsumlardan beri klubni bo‘ynida osilib qolgan qarzlar bor ekanligini yashirmayapti.

Tecno

shuha111

Klubga befarq bo‘lmagan insonlarning aytishicha, "Andijon" xatto Turkiyada yig‘in davomida istiqomat qilgan mehmonxonasidan ham 150 million so‘m atrofida qarz bo‘lib qolgan ekan. Bu hammasi emas. Klub uy stadioniga o‘rnatayotgan projektorlar masalasida ham muammolar bor. “Philips” kompaniyasiga jamoa 4,5 milliard so‘m o‘tkazib berishi lozim. Agar bu pullar tezroq to‘lab berilmasa, to‘lanmagan texnikaning "nalog" puli ortib ketadi. Qo‘shimchasiga, klub kutilganidek mavsumni ilk qismini emas, deyarli to‘liq boshqa arenada o‘tkazishga majbur bo‘lishi mumkin. Shu vaziyatda o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Xo‘sh, nega shuncha qarzi bor jamoa Turkiyada yig‘in o‘tkazdi? Butun jamoada va rahbariyatning Turkiyadagi yig‘in uchun sarflagan pullarini hozir "yonib" turgan qarzlarni berkitish uchun sarflash to‘g‘ri varianti bor edi.

chsfchfq

"Andijon" rahbari Ulug‘bek Mirzaev va PFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev o‘rtasidagi nizo bor ekanligi haqida mish-mishlar rost, ammo bu shaxsiy adovat emas. Ish yuzasidan yuzaga kelgan vaziyat. Bu normal xolat. Biz "Andijon" matbuot xizmatiga ushbu ma’lumotlar yuzasidan murojaat qildik. Ular faqatgina PFL bilan bog‘liq badal puli borasidagi savollarimizga izoh berdi.

"Klubimiz PFL bilan badal pulini to‘lash masalasida kelishdi. Hozir hamma o‘ylaganidek, "Andijon" va PFL o‘rtasida mojaro mavjud emas. Unga ko‘ra "Andijon" klubi ertaga badal pulini to‘laydi".

Klub rasmiysi bergan izohlarga ko‘ra, ertaga vaziyatni hal etilishi kutilmoqda. Voqealarni rivojini kuzatishda davom etamiz.

Norboy Muallim yig‘gan materiallar asosida yozildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
22/02/2023 01:48
Андижон сурхон динамога каргиш теккан бу командала хеч качон унгланмеди сурхонам пахтакорга ухшаб 2йилдан нари борса 3йилдан кейин хокимият балансига кайтарилади так что нето что санаб утилган командала узбек футболига каргиш теккан
&
Bek 56
21/02/2023 21:22
К,арзи бор экан суперда нима бор яна бир йил про лигада юриш керак эди .Утган йили хам к,арзи бор учун анча к,ийналган эди
&
Rostgoy
21/02/2023 18:48
Андижон унгланмидиган команда. Хар сафар бу такрорланувради.