"Andijon"ga uch nafar kamerunlik futbolchilar qo‘shiladi

  • 28.01.2021 06:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Klub matbuot xizmatining tarqatgan xabariga qaraganda, Toshkentda yig‘inni davom ettirayotgan jamoa safiga uchinchi tayyorgarlik bosqichi doirasida, ya’ni, 2 fevral kuni yana uch nafar legioner kelib qo‘shiladi.

kamerun

Ushbu futbolchilarning barchasi Kamerun davlati fuqarolari hisoblanadi.

kamerun1

Lekin shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, mazkur legionerlar avvalo ko‘rikda qatnashish uchun taklif qilingan.

kamerun2

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha "Andijon" safiga Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosi Edgar Bernxardt kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!