"Andijon"ni nigeriyalik legioner tark etdi
Chempionat bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” jamoasini futbolchilar tark etishda davom etmoqda. Bu safar nigeriyalik legioner Mishel Ibe klubdan ketishga qaror qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1995 yilda tug‘ilgan futbolchi oilaviy sabablarga ko‘ra, “Andijon” bilan shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘lgan. Ibe mavsum boshida andijonliklar safiga qo‘shilgandi.
Shuni qo‘shimcha qilish joizki, tarkibga yangi o‘yinchilarni taklif qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda.
Fikrlar