"Andijon"ni tark etgan legioner sobiq klubiga qaytdi
Mavsum boshida “Andijon” klubiga taklif qilingan qirg‘izistonlik yarim himoyachi Edgar Bernxardt afsuski, “Burgutlar” safida uzoq qolgani yo‘q.
Aytish mumkin bo‘lsa, u faqat uchta uchrashuvda “Andijon” tarkibida maydonga tushdi. Keyinchalik oilaviy muammolari sababli o‘yinlarda ishtirok eta olmadi. Yakunda esa tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilgandilar.

Endilikda Bernxardtning qaysi klub safida to‘p surishi ma’lum bo‘ldi. U Qirg‘izistonning etakchisi “Dordoy” jamoasiga qaytishga qaror qildi. Ma’lumotga qaraganda, Edgar u erda 14-raqam ostida to‘p suradi.
Fikrlar