"Andijon"ning Turkiya yig‘iniga yo‘l olgan tarkibida kimlar borligini bilasizmi?

  • 07.01.2026 04:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Oldin xabar berganimizdek, “Andijon” jamoasi bugun Toshkent xalqaro aeroportida Toshkent-Antaliya yo’nalishida Turkiyaga yo’l oladi va u yerda “Burgutlar”ning yangi mavsum uchun asosiy o’quv-mashg’ulot yig’ini bo’lib o’tadi.

Jamoaning murabbiylar va tibbiyot shtabiga yangi mutaxassislar jalb etildi. Jumladan, futbolchi sifatida o’z vaqtida “Andijon” sharafini himoya qilgan, o’tgan yili “Bunyodkor”da faoliyat olib borgan Dmitriy Kraev endilikda “Andijon”da tahlilchi vazifasida ish olib boradi. Shuningdek, shifokor Olimjon Ne’matov ham yangi mavsumdan e’tiboran “Burgutlar”da faoliyat olib boradi. Shuningdek, massajchi Bahodir Tashbekov ham jamoamiz a’zosiga aylandi.

Demak, "Andijon"ning delegatsiya tarkibi bilan tanishing!

Bosh murabbiy: Samvel Babayan

Yordamchi murabbiy: Grigoriy Kolosovskiy

Murabbiylar: Denis Toymentsev, Elyor Rahmatullaev

Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Sinelnikov

Tahlilchi: Dmitriy Kraev

Shifokorlar: G’ofurjon Jo’raev, Olimjon Ne’matov

Massajchilar: Bahodir Tashbekov, Omatillo Ortiqov, Aziz Karimov

Administratorlar: Bekzod Karimov, Xursandbek Qosimov

Matbuot kotibi: Shuhratbek Jo’raev

Operator tahlilchi: Ilhom Iminov

Darvozabonlar: Eldor Ad’hamov, Rahim Davronov, Ne’matulloh Rustamjonov.

Himoyachilar: Ibrohim Yo’ldoshev, Nemanya Chalasan, Aleksandr Andronikashvili, Abdurahmon Komilov, Odil Abdumajidov, Islom To’xtaxo’jaev, Elbek Ro’zuqulov, Abdulvohid G’ulomov, Igor’ Golban, Kristian Novak, Bekzod Sulaymonov.

Yarim himoyachilar: Abbas Abdugafforov, Sardor Azimov, Humoyunmirzo Iminov, Doniyor Abdumannopov, Damir Temirov, Jamshid Boltaboev, Muhammadkarim Toirov, Imeda Ashortia, Usmonali Ismonaliev.

Hujumchilar: Po’latxo’ja Xoldorxonov, Dragan Cheran, Asilbek Aliev.

Rustamjonov, Cheran, Chalasan, Novak Ashortia va Golban Turkiyadagi yig’inda qo’shilishadi. Shuningdek, Shoxjahon Yorqinboev U-23 terma jamoamiz bilan Osiyo Kubogida qatnashayotgani bois “Andijon”ning yig’iniga keyinroq yetib keladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!