
Andrey Miklyaev: Omad biz tomonda bo‘ldi
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Lokomotiv” jamoalari bahsidan so‘ng, “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Miklyaev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugungi o‘yin haqida ko‘p gapirish qiyin. Bugungi uchrashuv oson bo‘lgani yo‘q. Qo‘qonliklar so‘nggi yillarda o‘z maydonida yaxshi o‘yin namoyish etib kelmoqda. Bugun uch ochko ishlaganimizdan xursandman. Futbolchilar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Omadimiz kelib gol urdik va juda yaxshi himoyalandik. Umuman olganda, teng o‘yinda omad biz tomonimizda bo‘ldi.
Temur Kapadze yaxshi murabbiy ekanligini bilamiz. U futbolchilar bilan yaxshi til topishadi. Futbolchilar ham unga ko‘proq unga ishonishadi. Uning jamoaga kelishi juda foydali bo‘ldi. Kapadzening kelishi bilan biz ahil jamoaga aylandik.
Kubok orqali Chempionlar ligasi uchun beriladigan yo‘llanmaga ega bo‘lishga harakat qilamiz. Jamoamizni bir qator etakchi o‘yinchilar tark etganiga qaramay, yoshlar va iqtidorli o‘yinlar bilan kubokda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz.
Fikrlar