Angliya - Niderlandiya: Jamoalarning yarim finalgacha bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishing!

  • 10 iyul, 2024, 18:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun tunda Evropa chempionatining ikkinchi finlachisi nomi ma’lum bo‘ladi. Ushbu bosqich uchun Angliya va Niderlandiya terma jamoalari bahs olib boradi. Mazkur jamoalarning "Evro-2024" turnirida bosib o‘tgan yo‘llari bilan tanishing.

Angliya guruh bosqichida Daniya, Serbiya va Sloveniya bilan baxs olib bordi. Serbiya ustidan 1-turda Jud Bellingemning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi (1:0). Daniya va Sloveniyaga qarshi o‘yinlarda nursiz durrang qayd etildi. Pley-off bosqichida Slovakiyaga qarshi so‘nggi daqiqalarda Judning qaychi uslubidagi goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa "Bavariya" hujumchisi Harry Keyn "uch sherlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (2:1). Shveytsariya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.  

Niderlandiya qur’a natijasiga ko‘ra Frantsiya, Avstriya va Polshaga qarshi kurashdi. Polsha bilan o‘yinda g‘alaba, Frantsiya bilan nursiz durrang qayd etgan bo‘lsa, Avstriya bilan mag‘lubiyatga uchradi. Pley-off bosqichida "o‘lim guruhi"dan chiqqan Rumuniyaga qarshi ishonchli g‘alaba qozonildi. Chorak finalda esa nisbatan qiyinroq raqib Turkiya bilan o‘yinda Gakponing goli "uchar gollandlar"ni yarim finalga olib chiqdi. Hozirda Kodi Gakpo "Evro 2024" ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!