Angliya chempioni maydonida yutqazmagan "Atletiko" keyingi bosqichga chiqdi

  • 19 aprel, 2017, 02:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan bir necha daqiqalar avval UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Lester" hamda Madridning "Atletiko" jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Shu kuni uchrashuvni kuzatib borgan muxlislar bor yo‘g‘i 2ta golga guvoh bo‘lishdi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Shu tariqa Madridda bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan "matraschilar" musobaqaning yarim finaliga yo‘l olishdi.

Lester, «King Pauer» stadioni

«Lester Siti» – «Atletiko» – 1:1 (0:1)

Gollar: Vardi 61 - Niges 26

«Lester Siti»: Shmeyxel, Morgan (Amarti 83), Fuks, Simpson, Benaluan (Chiluell 46), Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Marez, Okazaki (Uloa 46), Vardi.

Bosh murabbiy: Kreyg Shekspir.

«Atletiko»: Oblak, Godin, Savich, Xuanfran (Ernandes 56), Luis (Korrea 74), Ximenes, Karrasko (Torres 69), Gabi, Koke, Niges, Grizmann.

Bosh murabbiy: Diego Simeone.

Bosh hakam: Janluka Rokki.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!