Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Angliya futboli afsonasi manchesterliklarga 100 million funt turadigan hujumchi topib berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr futbolchilar bor

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Teddy Sheringem manchesterliklarga  “Brayton” hujumchisi Haralampos Kostulasni sotib olishni tavsiya qildi. Gretsiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda o‘tkazgan sakkizta uchrashuvida to‘rtta gol va uchta golli uzatma qayd etdi.

- Haralampos Kostulasga qarasam, hujum chizig‘ining haqiqiy yetakchisi bo‘la oladigan futbolchini ko‘raman. U “Brayton”dan boshqa klubga o‘tadigan va transferi uchun 100 million funtdan ortiq pul to‘lanadigan navbatdagi futbolchi bo‘ladi.

U kimga qarshi o‘ynayotganiga yoki maydonda yana nimalar bo‘layotganiga mutlaqo ahamiyat bermaydi. U har qanday vaziyatda raqibga bosim o‘tkazadi, to‘pni nazorat qiladi, hujumni boshqaradi, gol uradi, havodagi kurashlarda g‘olib chiqadi va jamoadoshlarini o‘yinga jalb qiladi.

Maykl Kerrik va “Manchester Yunayted” mutasaddilari “Brayton” bilan bog‘lanishi kerakmi? Shubhasiz. Ular raqobatchilaridan oldin harakat qilishi lozim, - deya Sheringemning so‘zlarini keltirdi TEAMtalk.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q