Angliya klubi “Real” yulduzi uchun katta summa taklif qildi
Madridning “Real” klubida oʻynab kelayotgan hujumkor yarim himoyachi Braim Dias faoliyatini yana Angliya Premier-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Fichajes nashri jurnalistlarining maʼlum qilishicha, Londonning “Tottenxem” klubi mahoratli oʻyinchini oʻz safiga qoʻshib olish istagini bildirgan.
Londonliklar bu rejasini amalga oshirish uchun “Qirollik klubi”ga 60 million yevro miqdorida badal puli koʻrsatilgan rasmiy taklif yoʻllagani aytilmoqda.
Taʼkidlash joizki, Dias hozirda Afrika Millatlar kubogida Marokash terma jamoasining eng yorqin futbolchilaridan biri hisoblanadi. U musobaqada 5 ta gol urib, toʻpurarlar poygasida peshqadamlik qilyapti.
Joriy mavsumda 26 yoshli Dias “Real” safida 18 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.
Fikrlar