Angliya klubi to‘rt futbolchidan qutildi
Angliya premer-ligasi ishtirokchisi “Vest Xem Yunayted” joriy mavsum yakunlanishi bilan to‘rt nafar futbolchi klubini takr etishini rasman e’lon qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 35 yoshli himoyachi Aaron Kressuell, 40 yoshli golkiper Lukash Fabianski, 32 yoshli himoyachi Vladimir Tsoufal hamda 32 yoshli hujumchi Denni Ings klub bilan shartnomasi yakunlanishi munosabati bilan erkin agentga aylanadi.
- “Vest Xem Yunayted”dagilarning har biri Aaron, Lukash, Vladimir va Dennini klubga qilgan xizmatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirishni istaydi.
Ular mavsum yakunlanganidan keyin klubimizni tark etadi. Biroq ularning klubimiz muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasi doim samimiy yodga olinadi, - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Fikrlar