Angliya Liga kubogining yarim final bosqichiga qur’a tashlandi. "Manchester Siti"ning raqibi ma’lum!
Xabaringiz bor, kecha va bugun Angliya Liga kubogi chorak finalidan o‘rin olgan 3 bellashuv bo‘lib o‘tdi. So‘nggi bahs esa ertaga "Arsenal" - "Kristal Pelas" klublari ishtirokida bo‘ladi.
Ushbu to‘qnashuvdan avval Angliya Liga kubogining yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" yarim finalda "Fulxem"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgan "Nyukasl" bilan kuch sinashadi. "Kardiff Siti"ni ishonchli tarzda mag‘lub etgan "Chelsi"ning raqibi ertaga aniqlanadi. "Arsenal" va "Kristal Pelas" jamoalaridan biri "aristokratlar" bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, yarim final bellashuvlari 2 ta o‘yindan iborat bo‘ladi.
Fikrlar