Angliya premer-ligasi. "Chelsi" kutilmaganda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

APL 3-turidan o‘rin olgan "Lids" - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Maydon egalari safida gollarga Aaronson, Rodrigo va Xarrison mualliflik qildi. Mehmonlarga bu o‘yinda gol urish nasib etmadi. 

Shu tariqa, "Lids" ochkolari sonini 7 taga etkazib olgan holda, jadvalda 2-o‘ringa qaytib oldi. "Chelsi" 4 ochko bilan 12-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!