Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

  • 09.04.2020 11:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Byornli" klubi darvozaboni Jo Xart jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

Fanatik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli Angliya terma jamoasi sobiq posboniga "Beshiktosh"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Uning APL klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etishini inobatga olsak, Xart turk klubiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Jo Xart joriy mavsum “Byornli” safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 7 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!