Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Angliya terma jamoasi vingeri uchun APLning 3 ta jamoasi kurashmoqda

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Jamoa moliyaviy muammolardan qutulish uchun ham havbekni qo‘yib yuborishi mumkin

"Vest Xem" futbolchisi Jerrod Bouen kattaroq jamoalar nishoniga tushdi. 

Agarda "Vest Xem" klubi Chempionshipga tushib ketsa 100 million funt sterlingdan ko‘proq pul to‘plashi kerak. Jamoa moliyaviy muammolardan qutulish uchun ham havbekni qo‘yib yuborishi mumkin. Ayni damda 29 yoshli futbolchiga "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqishlari doirasida. 

Futbolchining narxi "Transfermarkt" ma’lumotlariga qaraganda 35 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Bouen 2023-yilgi Konferensiyalar Ligasi finalida "Fiorentina" klubiga qarshi g‘alaba golini urgan edi.

Mirzaev Salohiddin

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q