
Angliyada 73 yillik gol urildi
Angliya Premer ligasining 28-turida "Manchester Siti" klubi "Arsenal" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda Raxim Sterling hisobni ochdi va u 73 yil ichida iyun oyida Angliya chempionatlarining eng yuqori ligasida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
1947 yilning 14 iyun kuni "Sheffild" futbolchisi Valter Rikket "Stok Siti"ga qarshi bahsda darvozani ishg‘ol etgan va shundan buyon, iyun oyida boshqa gol bo‘lmagan.
Koronavirus pandemiyasi tufayli mart oyida qoldirilgan APL musobaqasiga bugundan start berildi.
Fikrlar