Angliyadagi yulduzi “Real”ga o‘ta katta narxga o‘tkazmoqchi bo‘lishdi

  • 04.04.2026 07:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida porlayotgan “Nyukasl Yunayted” yarim himoyachisi Sandro Tonalining agentlari o‘z mijozlarini “Real” prezidenti Florentino Peresga taklif qilishdi.

Tonalining Angliyada qolish istagiga qaramay, uning atrofidagilar futbolchini Madrid klubiga joylash ilinjida faol ish olib bormoqda.

Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Agentlar “Real” rahbariyatiga “Nyukasl” o‘z yetakchisini 80 million funt (92 million yevro) evaziga sotishga tayyor ekanini ma’lum qilgan, bu summa madridliklar uchun to‘siq bo‘lmasligi kerak.

Manbaga ko‘ra, Tonali madridliklar uchun zahira varianti sifatida ko‘rilmoqda. Agar “Qirollik klubi” mutasaddilari “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini sotib olish imkonini topolmasa, Tonaliga e’tibor qaratiladi.

“Real” vaziyatdan kelib chiqib, hozircha Tonali bo‘yicha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti, chunki ular “shaharliklar” yarim himoyachisini qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda Tonali «Nyukasl» safida 47 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va yettita golli uzatma berdi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, italyalik futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!